Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) bilan istiqboldagi hamkorlik vazifalari muhokama etildi

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) bilan istiqboldagi hamkorlik vazifalari muhokama etildi

2022-yil 14-yanvar kuni Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vakolathonasida Toshkent moliya instituti va Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda TIKA vakolatxonasi rahbari Jemalettin Tuney va Toshkent moliya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor i.f.d., dotsent A.Islamkulov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i PhD, S.Avazxodjaevlar ishtirok etdilar.





Uchrashuv davomida Turkiya Respublikasining nufuzli universitetlari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan o‘zaro akademik, ilmiy-innovatsion hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha  kelishuvlarga erishildi.



 

19:39 / 2022-01-14
Success helper
Success warning