“UzCarlsberg” qo‘shma korxonasida o‘tkazilgan sayyor dars

“UzCarlsberg” qo‘shma korxonasida o‘tkazilgan sayyor dars

 Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida institutning bakalavriat bosqichi 5230200 - Menejment (xizmatlar sohasi) yo‘nalishi IM-40 va IM-20 guruh talabalari bilan 2019-yil 30-noyab kuni MChJ “UzCarlsberg” qo‘shma korxonasiga “Menejment” kafedrasi dotsenti G.Xamdamova va o‘qituvchi A.Karimovlar bilan birgalikda sayyor dars o‘tkazish maqsadida tashrif buyurdilar.

 

 “UzCarlsberg” Germaniya, Belgiya va Daniyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar asosida faoliyat yurituvchi zamonaviy zavod bo’lib, ishlab chiqarishning yuqori sifat standartlari, chet el laboratoriyalari nazorati asosida faoliyat yuritadi va tabiiy import xom ashyosi asosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

 

 Bugungi kunda UzCarlsberg xalqaro miqyosda tan olingan, raqobatchilik pozitsiyasi mustahkam, eksport salohiyatini oshirib, O‘zbekistondagi iste’molchilarini eng sifatli maxsulotlar bilan ta'minlay oladigan kompaniyadir. Shu sababli bo’lsa ham kerak kompaniya maxsulotlari sifati uchun Monde Selection (Yevropa sifat nazarati instituti) mukofotini qo‘lga kiritgan.

 

 

15:05 / 2019-12-01
Success helper
Success warning