Talabalar turar joyida “Reproduktiv salomatlik, sogʻlom oila, sogʻlom turmush tarzi” mavzusida davra suhbati

Talabalar turar joyida “Reproduktiv salomatlik, sogʻlom oila, sogʻlom turmush tarzi” mavzusida davra suhbati

Toshkent moliya instituti Xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan 2019-yil 2-may kuni 3-sonli Talabalar turar joyida Toshkent shahar Yunusobod tuman 50-sonli oilaviy poliklinika vrach-ginekologi Ziyoda Nasriddinova va Toshkent moliya instituti shifokori Saliyeva Umida ishtirokida “Reproduktiv salomatlik, sogʻlom oila, sogʻlom turmush tarzi” mavzusida TTJda istiqomat qiluvchi talaba-qizlar bilan davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda mutaxassis shifokorlarning “Reproduktiv salomatlik – sogʻlom farzandlar, baxtli oila, mustahkam nikoh garovi” va “Qizlar – sogʻlom millat davomchilari” mavzusida suhbat olib bordilar, talaba-qizlarga reproduktiv salomatlik, qizlarni nikoh va oilaga tayyorlash, qizlar salomatligiga jiddiy e’tibor berishning sogʻlom oilani shakllantirish, sogʻlom farzandlarni dunyoga keltirish, yoshlar oʻrtasidagi nikohning mustahkam boʻlishidagi ahamiyati toʻgʻrisida ma’lumotlar berdilar. Suhbat davomida talaba-qizlar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga mutaxassislardan malakali javoblar va maslahatlar oldilar.

Tadbirda shuningdek institut Xotin-qizlar Kengashi raisi Barno Nurmuxamedova, Moliya fakulteti hamda Magistratura boʻlimi Xotin-qizlar boshlangʻich tashkilotlari raislari Dilfuza Bababekova va Nargiza Jiyanova qatnashib, talaba-qizlarimizga oʻz salomatliklariga e’tiborli boʻlish, jismoniy jihatdan chiniqish, ma’naviy olamini boyitib borish, ruhiy holatini nazorat qilish, kiyinish madaniyatiga, institutda va oʻzlari yashaydigan talabalar turar joylarida odob-axloq qoidalariga rioya qilish borasida onalarcha maslahatlar berdilar.

Shu bilan birga, tadbir tashkilotchilari talaba-qizlarni faollikka chaqirib, ularning institut va fakultetlar Xotin-qizlar boshlangʻich tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va tarbiyaviy faoliyatini yaxshilashga qaratilgan har qanday taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirib qoladilar.

 

16:33 / 2019-05-04
Success helper
Success warning