Xalqaro hamkorlikning rivojlanishi amalda

Xalqaro hamkorlikning rivojlanishi amalda

 “Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi tashabbusi bilan institutga Malayziyaning Bayneri universiteti (Binary University) professor-o‘qituvchilari, professor PhD. Asif Mahbub Karim va dotsent Bipinchandra Anopchandlar 2020-yilning 17-yanvaridan 27-yanvariga qadar institut bakalavriat talabalari uchun “Kasbiy psixologiya” fani doirasida mahorat darslari va seminar-treninglar o‘tkazish uchun taklif etildi.

 

 Ular tomonidan 18-yanvar kuni Moliya fakulteti MM-54 guruhida “Iqtisodiy munosabatlarni boshqarish psixologiyasi” hamda “Tadbirkorlik va marketing psixologiyasi” mavzulari doirasida seminar-trening o‘tkazildi. Ushbu tadbirda berilgan fikrlar talabalarda qiziqish uyg‘otdi va chuqur taa’surot qoldirdi.

 

 

14:35 / 2020-01-20
Success helper
Success warning