“Xorijiy tillarning iqtisodiy munosabatlardagi o‘rni”
2019-yil 25-may kuni soat 12:00 da Toshkent moliya instituti Chet tillari kafedrasi tomonidan “Xorijiy tillarning iqtisodiy munosabatlardagi o‘rni” mavzusida Respublika oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-metodik talabalar konferensiyasi o‘tkazdi. Tadbirni kafedra mudiri I.Xaydarov o‘z nutqi bilan ochib berdi. Moliya instituti talabalari ingliz, nemis va fransuz tillaridagi maruzalari bilan ishtirok etishdi. Konferensiya qatnashchilari sertifikat bilan taqdirlandilar.