Moliyachi qizlarning tadbirkolik ta’limoti - davr talabi

Moliyachi qizlarning tadbirkolik ta’limoti - davr talabi

   Toshkent shahar Xotin–qizlar tadbirkorlik markazi va Toshkent moliya instituti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan, Moliya fakulteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi ostida fakultetning 2-bosqich talabariga ayollarning jamiyatda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv seminar kursi tashkil etildi.

   Toshkent shahar Xotin–qizlar tadbirkorlik markazi a’zolari: direktor V.A.Yuldasheva va markaz mutaxassislari M.V.Shukurova hamda V.J.Yuldashevalar tomonidan o’tkazilgan seminarda talaba-qizlar tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, faoliyat psixologiyasi, biznes reja tuzish, moliyaviy manbalardan samarali foydalanish kabi amaliy ko‘nikma hamda bilimlarga ega bo‘ldilar.

   O‘quv-seminar kursini muvaffaqiyatli tamomlagan qizlarga markaz tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.

22:05 / 2020-12-05
Success helper
Success warning