"Zakovat" intellektual o‘yini musobaqasi o‘tkazildi

"Zakovat" intellektual o‘yini musobaqasi o‘tkazildi

 2019-yil 8-oktabr kuni “Budjet hisobi va g‘aznachilik” fakultetida “Zakovat” intellektual o‘yini musobaqasi o‘tkazildi. Unda 14 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad-fakultet terma jamoasiga nomzod bilimdonlarni aniqlash edi. Tadbirni tashkillashtirish va uni olib borish ishlarini yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Djumanov Saidmurod Olimbekovich hamda fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi Jo‘rayev Jahongir Jo‘rabekovich amalga oshirdilar. Tadbir yakunida o‘yin davomida bilimdonligi bilan ajralib turgan talabalar “Eng bilimdon qiz”, “Eng bilimdon yigit” hamda “G‘olib jamoa” nominatsiyalari bo‘yicha fakultet dekanati tomonidan taqdirlandilar.

 

16:26 / 2019-10-15
Success helper
Success warning