“Zangi ota” ziyoratgohiga tashrif

“Zangi ota” ziyoratgohiga tashrif

So‘nggi yillarda yangilanayotgan O‘zbekistonimizda olib borilayotgan islohotlar va amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan keng targ‘ibot ishlarini yanada jonlantirish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida “Bodomzor” mahallasida istiqomat qiluvchi “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda kam ta’minlanganlardan iborat bir guruh mahalla azolarini “Menejment va marketing” kafedrasi tashabbusi bilan joriy yilning 23-iyun kuni “Zangi ota” ziyoratgohiga tashrifi uyushtirildi. 

 

Tashrif davomida o’tganlarning xotiralari tilovat asnosida yod etildi. Munis onaxonlarning duolarida yurtga tinchlik, kasbu-korlarga halolidan baraka va farzandu-nabiralarning ilmlariga ziyodalik tilandi.

 

 

 

 

 

18:57 / 2021-06-23
Success helper
Success warning