“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi, institut tyutorlari hamda  “Yangi tarnov” MFY fuqarolari bilan birgalikda “Zangiota” majmuasiga tashrif

“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi, institut tyutorlari hamda  “Yangi tarnov” MFY fuqarolari bilan birgalikda “Zangiota” majmuasiga tashrif

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6165-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-martdagi “Mahallabay ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 152-sonli qaroriga muvofiq, 25-noyabr sanasida “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi professor-oʻqituvchilar, institut tyutorlari hamda Yunusobod tumani, “Yangi tarnov” MFY fuqarolari bilan birgalikda Zangiota majmuasiga tashrif amalga oshirildi.

Ushbu majmua Toshkent viloyatining XV asrga oid meʼmoriy yodgorlik hisoblanib, Zangiota ziyoratgohi nafaqat respublikamizda, balki Oʻrta Osiyo mamlakatlari xalqlari orasida maʼlum va mashhurdir. Zangi ota ziyoratgohi Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari uchun tabarruk maskan hisoblanadi. 

Bu tarixiy-meʼmoriy majmuaga har kuni besh ming nafardan ziyod ziyoratchi va sayyohlar tashrif buyurishmoqda. Ziyoratchilar orasida olis xorijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarning borligi ham diqqatga sazovordir.

Yuqoridagi farmon va qarorlarga muvofiq amalga oshirilgan tashrif MFY fuqarolarida ajoyib taassurotlar uygʻotdi va ushbu tashrif yuzasidan tashkilotchilar hamda institut rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdilar.

16:16 / 2021-11-27
Success helper
Success warning