"AloqaTech Lab" akseleratsiya dasturining final bosqichi
Joriy yil 25-avgust kuni Aloqa bank binosida 3 oylik akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli tamomlangan startap loyihalar uchun "Demo day" bo‘lib o‘tdi.
Istiqbolli loyihalar orasida Toshkent moliya instituti qoshidagi "Digital Finance" inkubatsiya va akseleratsiya markazida o‘z loyihasini amalga oshirayotgan iqtisodiyot fakultetining 3-bosqich talabasi Bekmuratov Azimjon "THE HOTEL US" loyihasi bilan final bosqichida ishtirok etdi va sertifikat bilan taqdirlandi. Shu bilan birgalikda loyihaga "PRO DATA-TECH" MCHJ tomonidan 12 million so‘mlik vaucher taqdim etildi.