Bankda sayyor amaliy mashg‘ulot darsi

Bankda sayyor amaliy mashg‘ulot darsi

 Toshkent moliya instituti “Bank ishi” fakulteti Bank ishi kafedrasi AT Xalq banki Toshkent shahar filiali Amaliyot bo‘limi bilan hamkorlikda talabalar uchun sayyor amaliy dars mashg‘ulotlarini tashkil etib kelmoqda. 2019-yil 10-oktabr kuni Bank ishi kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Vasiyev Bank ishi ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich BI-90 guruh talabalari bilan “Kreditlash jarayonlari va ularning bosqichlari” mavzusida sayyor amaliy dars mashg‘ulotini bank xodimlari ishtirokida o‘tkazdilar. Sayyor dars mashg‘uloti talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirdilar.

 

 

16:47 / 2019-10-15
Success helper
Success warning