Talabalarimiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirliga amaliyot oʻtash va ishlash imkoniyatiga ega bo'lishmoqda

Talabalarimiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirliga amaliyot oʻtash va ishlash imkoniyatiga ega bo'lishmoqda



Toshkent moliya instituti va Kadrlar buyurtmachilari oʻrtasida rasmiylashtirilgan hamkorlik shartnomalari asosida talabalar amaliyotini tashkil etish va talabalarni haq toʻlanadigan stajirovkalarga yuborish, hamkor tashkilotlarga zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash borasida samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 


Joriy yilning 15-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi Alimov Qobil Botirovich va Kadrlar va talim muassasalari boshkarmasi xodimi Mirsaidov Mirsaid Mirxamid oʻgʻlilar tomonidan institut talabalarini vazirlikda amaliyot oʻtash, stajirovka va ishga jalb etish maqsadida tanlov oʻtkazildi. Tanlov natijalariga koʻra institut talabalari Tashqi ishlar vazirligida amaliyot oʻtashi va amaliyot natijalariga koʻra ishga qabul qilinadigan boʻldi.


Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi maʼsul xodimlari tomonidan Toshkent moliya institutining soʻngi yillarda erishgan natijalari alohida eʼtirof etildi.









22:03 / 2023-02-15
Success helper
Success warning