Institut vakillari “Bahorgi tijoratlashtirish” forumida faol ishtirok etishmoqda
2023-yil 16-17 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi va hududida Innovatsion ishlanmalarni bahorgi tijoratlashtirish forumi o‘z ishini boshladi.
Innovatsion ishlanmalarni bahorgi tijoratlashtirish forumi eng so‘nggi ilmiy-innovatsion ishlanma va startap loyihalari bilan respublikamiz olimlari, ilmiy izlanuvchilari va xorijiy davlatlar vakillari ishtirokida yuqori saviyada o‘tmoqda.
Toshkent moliya instituti Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi vakillari ham mazkur Forumda Startup loyihalar va turli dasturiy ishlanmalar bilan faol qatnashishmoqda.