Talabalarimiz chempion bo‘lishdi!

Talabalarimiz chempion bo‘lishdi!

 


2023-yil  3-mart kuni sportning karate WKF yo’nalishida barcha yosh toifalari bo’yicha O’zbekiston kubogi bo’lib o’tdi.  
 

Ushbu musobaqada institutimiz Sirtqi fakulteti SMMT-88 guruh talabasi Xamroyev Samarbek Samadovich faxrli I-o’rinni egallab Osiyo chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. 
 

Sirtqi fakulteti CBIA-89 guruh talabasi Raximova Dilafruz Mamarasul qizi 17-19 fevral kunlari sportning Taekwon-do (ITF) turi bo’yicha kattalar, yoshlar va o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempoinatida faxrli III-o’rinni egallab Osiyo chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.  

 
Ushbu g’alabalar bilan Toshkent moliya instituti jamoasi, Sirtqi fakulteti hamda “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-o’qituvchilari  talabalarimizni chin qalbdan samimiy qutlaydi va kelgusi faoliyatlarida bundanda ko‘p g‘alabalar tilaydi.
 

18:00 / 2023-03-03
Success helper
Success warning