Bank ishi fakultetida “Brain council” intellektual o‘yining 2-bosqichi o‘tkazildi

Bank ishi fakultetida “Brain council” intellektual o‘yining 2-bosqichi o‘tkazildi

   Toshkent moliya instituti Bank ishi fakulteti Talabalar kengashi tomonidan 2019-yil 19-oktyabr kuni o‘zbek guruhlari o‘rtasida “Brain council” intellektual o‘yinining 2-bosqichi o‘tkazildi.

   Ushbu o‘yindan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlarning intellektual bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.

   “Brain council” intellektual o‘yinida fakultetning 2-bosqich talabalaridan tashkil topgan jamoalari, jumladan, “Acronym” (BI-61) jamoasi, “Majors” (BI-61) jamoasi, “Future” (BI-61) jamoasi, “Leaders” (BI-60) jamoasi, “Intellect” (BI-60) jamoasi va “Excellent” (BI-60) jamoalari faol ishtirok etishdi.

    Yakuniy natijalarga ko‘ra, BI-61 guruhi talabalaridan tashkil topgan “Acronym” jamoasi, BI-61 va BI-60 guruhi talabalaridan tashkil topgan “Majors” va “Intellect” jamoalari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

    Eslatib o’tamiz 1-bosqich o’yinlari 2019-yilning 18-oktyabr kuni fakultetning 1-bosqich talabalaridan tashkil topgan jamoalar: “Space” (BI-50) jamoasi, “Excellent” (BI-51) jamoasi, “Forte” (BI-52) jamoasi, “Leaders” (BI-52) jamoasi va “Auditor” (BBXA-50) jamoalari o’rtasida bo’lib o’tgan edi.

 

12:04 / 2019-10-25
Success helper
Success warning