Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakultetida “Ustoz va murabbiylar bayrami
2019-yil 2-oktabr “Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakultetida “Ustoz va murabbiylar” kuniga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi. Tadbirda yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Muhamedov Farhod Tursunbayevich, fakultet dekani Ortiqov Uyg’un Davlatovich, fakultet tasarrufidagi kafedralar mudirlari va professor o’qituvchilar ishtirok etishdi. Mazkur tadbirda institutning faol yoshlari tomonidan sahna ko‘rinishlar, kuy-qo‘shiqlar, raqslar, ustozlarni madh etuvchi she’rlar ijro etilib yig‘ilganlar kayfiyatiga ko‘tarinkilik baxsh etildi.