“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi davra suhbati

“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi davra suhbati

 

Joriy yilning 1-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens - nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

 

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti “Maxsus-kasbiy fanlar” kafedrasi boshlig‘i, podpolkovnik, siyosiy fanlari doktori, dots. Xatamov Farxod Faxritdinovich, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish “Maxsus-kasbiy fanlar” kafedrasi dotsenti podpolkovnik G‘ozibekov Tulqin Xabibullayevich, “Menejment va marketing” kafedrasi professori Allayarov Shamsiddin Amanullayevich va Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens - nazorat” tizimini boshqarish bо’lim boshlig‘i Darvishov Sardor Rustamovich ishtirok etdi.  

 

 

 

Tadbir davomida Allayarov Shamsiddin Amanullayevich yoshlar о’rtasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasizlik madaniyatini shakllantirish, “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan “Korrupsion xavfni boshqarish va unga qarshi xulq-atvorni shakllantirish” nomida yangi fanning shakllantirilganligi hamda tanlov fan sifatida о’qitish yо’lga qо’yilib, kelgusida mazkur fanni institutning barcha ta’lim yо’nalishlarida asosiy fan sifatida о’qitishni yо’lga qо’yish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Shuningdek, Xatamov Farxod Faxritdinovich korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirishi, korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil qilish, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etish hamda aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatni amalga oshish hamda muvofiqlashtirish to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

 

 

Jumladan, G‘ozibekov Tulqin Xabibullayevich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

 

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Davra suhbati talabalarda korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetini hosil qilish hamda talabalarning korrupsiyaga qarshi kurashishda axloqiy sifatlari bo‘yicha bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.

12:18 / 2023-12-02
Success helper
Success warning