Diplom muborak davlat stipendiyasi sovrindorlari!

Diplom muborak davlat stipendiyasi sovrindorlari!

       Xabaringiz bo’lganidek, 2019-yil 18-21 sentyabr kunlari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi, Navoiy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari tanlovining respublika bosqichi bo’lib o’tgan edi.

Ushbu bosqichda institutimizning quyidagi talabalari davlat stipendiyalariga munosib deb topildi:

1) Bank ishi fakultetining 4-kurs, MKT (BI)-90 guruhi talabasi Ibodullayev Shoxboz To’lqin o’g’li-Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori;

2) Bank ishi fakultetining 3-kurs, KBI-73i guruhi talabasi Xasanboyeva Malikaxon Valijon qizi Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori;

3) Bank ishi fakultetining 4-kurs, KBI-40 guruhi talabasi Maxamadjanov Muxammadali Muzaffarovich Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori;

4) O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’atining 2019-yil 28-sentyabrdagi “2019/2020 o’quv yilida oliy ta’lim muassasalari talabalariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash to’g’risida”gi 3/2-son qaroriga asosan Toshkent moliya instituti Soliqlar va sug’urta fakulteti, 4-kurs, ST-40 guruhi talabasi Axmedova Maftuna Yusuf qizi 2019/2020 o’quv yilida “Biznes va boshqaruv” ta’lim yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga munosib deb topildi.

         Davlat stipendiyalari sovrindorlari bo’lgan iqtidorli talabalarni institut Kengashi a’zolari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan tasdiqlangan diplomlar bilan tantanali qutladilar.

         Institutning butun jamoasi sizdek zukko talabalarning borligidan fahrlanadilar va yana siz kabi ota-onasi va barcha yaqinlarini ko’zlarini quvonchga, qalblarini shodlikka to’ldiradigan farzandlar qatori bardavom bo’lishiga ishonadi.

 

 

 

17:35 / 2020-01-06
Success helper
Success warning