Bitiruvchilar salohiyati va sifatini oshirishda amaliy yondashuv va yangicha qadam

Bitiruvchilar salohiyati va sifatini oshirishda amaliy yondashuv va yangicha qadam

Xabar qilganimizdek, 2022-2023 oʻquv yilida Toshkent moliya institutini tamomlayotgan magistratura bitiruvchilarining dissertatsiya ishlari himoyalari noanʼanaviy tarzda ilk bor ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etilmoqda.



Institut Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori S.U.Mehmonov mazkur himoya jarayonlarini bevosita kuzatish maqsadida “Orient finans“ XATBda tashkil etilgan 70410402 — ”Korporativ moliya va qimmatli qogʻozlar” mutaxassisligi bitiruvchilarining dissertatsiya himoyalari jarayonlariga tashrif buyurdi.

 


 

 

 

 

 

Prorektor avvalgi yillardan farqli ravishda joriy yil bitiruvchilarimizning dissertatsiya ishi himoyalari bevosita ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etilayotgani, avvalo, muhtaram Prezidentimizning oliy taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, kadrlar salohiyati va sifatini oshirishda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda muhim qadam ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, S.U.Mehmonov “Orient finans“ XATB rahbariyati va jamoasiga bitiruvchilarimizning dissertatsiya ishlarini himoya qilishlarida yaratib berilgan qulay shart-sharoit uchun institut rahbariyati va oʻzning samimiy minnatdorchiligini bildirib oʻtdi.

15:38 / 2023-05-31
Success helper
Success warning