"EduExpo" xalqaro yarmarkasiga tashrif

"EduExpo" xalqaro yarmarkasiga tashrif

      IX-50.51 va IKM-51 guruh talabalari guruh murabbiylari bilan birgalikda "EduExpo" xalqaro yarmarkasiga tashrif buyurdilar.

     Edu-Expo tomonidan tashkil etilgan xalqaro ta'lim ko'rgazmasi - bu minglab abiturientlar, talabalar va ularning oilalari uchun dunyodagi nufuzli o'quv muassasalari, shu jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Evropa va Osiyo mamlakatlaridagi o'quv yurtlari bilan tanishish uchun imkoniyat. Yarmarkada bo'lajak talabalar, ularning ota-onalari, o'qituvchilar, shuningdek tegishli soha mutaxassislari ishtirok etdi.

    Edu-Expo ko'rgazmasida 30 dan ortiq milliy va xalqaro pavilyonlar, jumladan Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Germaniya, Malta, Malayziya va boshqa universitetlarning vakillari faol ishtirok etdilar. O'zbekiston 4000 ga yaqin turli mamlakatlar va mintaqalarning til maktablarini mehmon sifatida jalb qildi.

    Bundan tashqari, ushbu ko'rgazma xorijiy universitetlarga o'z universitetlari nomini tanitish va aloqa o’rnatish uchun noyob imkoniyatdir. Taqdimotlar yordamida talabalar turli xil stipendiya imkoniyatlari va kirish talablari to'g'risida to'liq ma'lumotni olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

   Guruh talabalari ko'rgan va eshitgan yangiliklaridan juda mamnun bo’ldilar.

 

17:13 / 2019-09-15
Success helper
Success warning