Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!

Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!

 

Joriy yilning 24-avgust kuni Toshkent moliya institutiga biriktirilgan Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi mahalla faollari va yoshlar bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 





Tadbirda Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. U.Narbayev, institut Ilmiy-adabiy maslahatchisi Bobur Bobomurod, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i U.Radjabov, Shaxriston mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Mahmudjon Tolipovlar ishtirok etishdi.











Ma’naviy-ma’rifiy kechada estradamizning yorqin yulduzi Alisher Ro‘zmetov, Yosh va iste’dodli xonandalar Kumush va Zokirjon G‘ulomov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Toshkent shahar Yunusobod tumani Qo‘riqlash bo‘limi orkestri, “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli a’zolari hamda yosh iste’dodli ijodkor Shaxzoda Mirzaahmedovalar ishtirokida zamonaviy kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.







Mahallalarda uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha mahalla yoshlari ishtirokida shaxmat, stol tennis va shashka sport turlari bo’yicha musobaqalar hamda kitobxonlik bo‘yicha viktorinalar tashkil qilinib, har bir sport turlari bo‘yicha ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallagan mahalla yoshlariga Toshkent moliya instituti rahbariyati tomonidan diplom va estalik sovg‘alari taqdim etildi. 













Tadbir ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyatda o‘tkazildi.

15:04 / 2022-08-25
Success helper
Success warning