Kafedra filialida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

Kafedra filialida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

2023 yil 6 may kuni Toshkent moliya instituti va “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi hamkorlikda tasdiqlagan o‘quv dasturi asosida “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining kompaniyadagi filialida Soliqlar va sug‘urta fakultetining “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishida tahsil oladigan 1-kurs SS-70 va 3-kurs SS-80 guruhlari talabalari uchun “Sug‘urta da’volarini boshqarish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Amaliy mashg‘ulotda talaba-yoshlar bilan bir qatorda “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi dotsenti N.Mavrulova qatnashdi.

 

“O‘zbekinvest” kompaniyasining Sug‘urta da’volarini boshqarish departamenti Bosh menejeri O.Murodov talabalarga ushbu mavzuda taqdimot qildi. Unda sug‘urta da’volarining qabul qilinishi, ko‘rib chiqish tartibi va hal etish mexanizmi bosqichlari atroflicha bayon qilindi.

 

 

“Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining “O‘zbekinvest” kompaniyasidagi filialida tashkil etilgan mazkur amaliy o‘quv mashg‘uloti talabalarga institutda olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lashga, kasb ko‘nikmalariga ega bo‘lishga hamda kelgusida respublika sug‘urta bozoriga yetuk soha mutaxassislarini tayyorlab berishda alohida katta ahamiyat kasb etishiga ishonamiz.

10:23 / 2023-05-08
Success helper
Success warning