Institut vakillari “Fintex, banklar va riteyl” III Xalqaro PLAS-forumida ishtirok etishdi

Institut vakillari “Fintex, banklar va riteyl” III Xalqaro PLAS-forumida ishtirok etishdi

Joriy yilning 21-iyul kuni Toshkent shahrida “Fintex, banklar va riteyl” III Xalqaro PLAS-forumi boʻlib oʻtdi. Unda institut rektori T.Teshabayev, “Digital Finance” Inkubatsiya va Aksseleratsiya markazi xodimlari ishtirok etishdi.

 

 

Taʼkidlash joizki, forum Oʻzbekistonda uchinchi marotaba oʻtkazilmoqda va Markaziy Osiyodagi FinTech sohasi boʻyicha eng yirik anjumanlar sirasiga kiradi hamda dunyoning 32 mamlakatlaridan 2100 dan ortiq yirik kompaniyalar qatnashdi.

 

 

 

Institut vakillari tomonidan “Tenge bank”, “Evolis”, “VISA”, “Entrust”, “Moy buxgalter”, “ART-Bank”, “Oson” va boshqa kompaniya vakillari bilan muzokara va muloqot oʻtkazildi.

00:09 / 2023-06-25
Success helper
Success warning