"Genderli iqtisodiyot": xalqaro yozgi maktabinig ochilishi

"Genderli iqtisodiyot": xalqaro yozgi maktabinig ochilishi

   Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, barqaror rivojlanishga erishish va ijtimoiy ta’minot tizimini yaxshilashda gender strategiyalarini amalda qo‘llanilishining muhumligi butun dunyoda tan olingan. Bu holat xalqaro tashkilotlar va milliy hukumatlar, xotin-qizlarning iqtisodiy hayotda ishtirokini kengaytirishga yo‘naltirilgan dasturlarni amalga oshirishda, xotin-qizlarning siyosat va davlat institutlarida ishtirokini kuchaytirishda, shuningdek genderli nazariy tahlil olib borishda, gender nuqtai nazardan siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni monitoring qilish va baholash uchun ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi.  

    O‘zbekiston hukumati gender tenglikni rivojlantirish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bugungi kunda «Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar va teng imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida» va «Xo‘rlash va zo‘rovonliklardan xotin-qizlarni himoya qilish to‘g‘risida» qonunlar loyihalari xalq muhokamasidan o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning tashabbusi bilan Oliy Majlis Senatida xotin-qizlar va gender tenglik masalasi bo‘yicha Qo‘mita tashkil qilindi.

    Bugun Toshkent shaxrida iqtisodiyotga oid gender xalqaro yozgi maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘qish Sapiyens Universiteti (Italiya), O‘zbekiston milliy universiteti va Toshkent moliya instituti tomonidan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (OBSYE) O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori vakili va OBSYE qoshidagi Norvegiyaning doimiy delegatsiyasining moliyaviy yordami bilan tashkil etildi.   

    Yozgi maktabni tashkil etishdan maqsad iqtisodiyotnining gender jihatlarini belgilash va baholashda, shuningdek gender siyosatining jamiyatga bo‘lgan turli ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini aniqlashda O‘zbekiston yosh olim va tadqiqotchilari imkoniyatlarini kengaytirishdir.   

    Yozgi maktab faoliyatida xotin-qizlar huquqi va imkoniyatlarini kengaytirish va gender tenglik masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat muassasa va korxonalari, nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari, O‘zbekiston, Qazoqiston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan tadqiqotchi, o‘qituvchi, aspirant va talabalar ishtirok etishdi.

    Hafta davomida ishtirokchilar gender tenglikka tegishli turli xil mavzularga oid, ya’ni gender ko‘rsatkichlarini joriy etish metod va instrumentlari, gender assimetriyasiga oid iqtisodiy rivojlanish indeksi va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, erkak va xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomiga ta’sir etuvchi siyosiy va moliyaviy institutlar faoliyatini tahlil qilish bilan bog‘liq bilimlarga ega bo‘ladi.

    O‘quv kursi davomida ishtirokchilar iqtisodiyotda gender hilma-xilligi bo‘yicha nazariy va empirik yondoshuv imkoniyatlarini oshirib boradilar hamda gender siyosati bilan bog‘liq birlamchi va ikkilamchi manba ma’lumotlarini tahlil qilish kompetensiyalarini chuqurlashtiradilar. Yozgi maktabning so‘nggi kunida ishtirokchilar o‘z tadqiqotlarini taqdim etish va muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.     

 

 

10:58 / 2019-07-08
Success helper
Success warning