Ilm yoʻlidagi amaliy ishlarning eʼtirofi!

Ilm yoʻlidagi amaliy ishlarning eʼtirofi!

Joriy yilning 5-may kuni “Best publication”  ilmiy-tadqiqotlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan Toshkent Davlat Agrar universiteti katta majlislar zalida Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” xalqaro tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Quvonarlisi, mazkur tanlovda Toshkent moliya instituti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, prof. T.Teshabayev hamda institutimizda faoliyat yuritayotgan bir qancha ilmiy xodimlar, talabalar “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” esdalik koʻkrak nishoni hamda avtobiografik jurnal bilan taqdirlandilar.

 

Maʼlumot uchun taʼkidlash joizki, ushbu tanlovda oʻzining ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan munosiblar qatorida eʼtirof etilgan 458 nafar vatanimizning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qoʻshayotgan, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan, shuningdek oʻqishda va mehnat faoliyatida hamda ilm-fan sohasida yutuqlariga erishgan, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari hamda taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar, oliy taʼlimning bakalavriat yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan, tashabbuskor talaba-yoshlar, samarali mehnat faoliyatiga ega boʻlgan fuqarolar “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” esdalik koʻkrak nishoni hamda avtobiografik jurnal bilan taqdirlandilar.

11:45 / 2022-06-07
Success helper
Success warning