Toshkent moliya instituti Hindiston universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi
2019-yilning 9-noyabr kuni Toshkent moliya institutiga Jaipur Manipal universiteti delegatsiyasi (Dr. Ajay Sharma, Mrs. Utkarsha Sharma) o‘zaro ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashrif buyurdilar. Tashrif buyurgan mexmonlarni institutimiz rektori Ulug‘bek Azizov shaxsan o’zlari kutib olib, ular bilan suxbat o’tkazdilar. Mazkur suxbat davomida Jaipur Manipal universiteti delegatsiyasi a’zolari bilan talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar hamda hammualliflikda darsliklar tayyorlash bo’yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, bugungi kunda texnologiyalar sohasida ilg’or bo’lgan Jaipur Manipal universiteti a’zolari bilan raqamli iqtisodiyotda moliya, bank, kapital bozori tarmoqlari uchun zamonaviy axborot texnologiyalarni erkin qo‘llay oladigan yetuk kadrlar tayyorlash bo’yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishildi. Umid qilamizki Toshkent moliya instituti hamda Hindistonning Jaipur Manipal universiteti bilan yaqin hamkorlik bardavob bo’ladi. |