2019-yil 1-aprel kuni Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish Vazirligi tomonidan seminar-trening o‘tkazildi.

2019-yil 1-aprel kuni Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish Vazirligi tomonidan seminar-trening o‘tkazildi.

Toshkent moliya institutida 2018-yilda bajarilgan innovatsion loyihalarni va 2019-yilda davom etayotganlarni ekspertlar tomonidan baholash natijalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda TMI ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor dots. J.Karimqulov, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish Vazirligi bosh ilmiy kotibi prof. N.Mamadaliyeva, “Iqtisod va xuquq” ilmiy - texnik kengashi raisi prof. F.Nazarova, kafedra mudirlari, loyiha raxbarlari, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar qatnashdilar. Tadbirni ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor dots. J.Karimqulov kirish so‘zi bilan ochdi:

U o‘z nutqida ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblananishini, bu borada Toshkent moliya institutida innovatsion va ilmiy-texnik loyihalar safiyasini oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirilishiga e’tiborni kuchaytirish borasidagi vazifalarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

“Iqtisod va xuquq” ilmiy - texnik kengashi raisi prof. F.Nazarova institutda olib borilayotgan loyixalar va ularning natijalari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish Vazirligi bosh ilmiy kotibi f.f.d.,prof. N.Mamadaliyeva - innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha tanlovda qatnashish tartibi va ularning ustivor yo‘nalishlari va vazirlik tomonidan loyihalarni amalga oshirish strategiyasi bo‘yicha nutq so‘zladi va savollarga atroflicha javob berdi.  

14:57 / 2019-04-05
Success helper
Success warning