“O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovida institutimiz vakillari munosib ishtirok etmoqdalar

“O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovida institutimiz vakillari munosib ishtirok etmoqdalar

 Respublikamizda so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ayollarning faol ishtirokini ta’minlash va ularning jamiyatdagi rolini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Ixtirochi ayollari markazi tomonidan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovi o‘tkazilmoqda.

 

 Joriy yilning 24-yanvar sanasida tanlovning Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahridagi ko‘plab oliy ta’lim muassasalarining vakillari qatorida Toshkent moliya instituti “Audit va iqtisodiy tahlil” kafedrasi tayanch doktoranti Mahbuba Ismailova “Kreditga layoqatlilik tahlilining skoring modeli” nomli innovatsion ishlanmasi va “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Zamira Davlatova “Xorazm viloyat turizmining jozibadorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi” nomli innovatsion loyihasi bilan ishtirok etdilar. Tanlovning shahar bosqichida ekspertlar tomonidan ishtirokchilarning taqdimotlari eshitilib, turli savol-javoblar asosida ularning loyihalari tanlov mezonlariga mos ravishda baholandi.

 

 Tanlovning Toshkent shahar bosqichi yakunlariga ko‘ra Toshkent moliya instituti ishtirokchilari Mahbuba Ismailova va Zamira Davlatovalar “Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi” yo‘nalishi bo‘yicha tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar.

 

 “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovida munosib ishtirok etayotgan institutimiz vakillariga Respublika bosqichida ham omad va zafarlar tilaymiz!

 

 

17:39 / 2020-01-26
Success helper
Success warning