“Yangi Oʻzbekiston – inson huquqlari” umummilliy darslari tashkil etilmoqda
Joriy yil 28-noyabr kuni institutning 1-bosqich talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar doirasida “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan kun”ga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston – inson huquqlari” umummilliy darslari tashkil etilmoqda.
Xususan, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Inson huquqlari tushunchasi va hozirgi zamon konsepsiyasi” mavzusida ma’ruza darslari o‘tkazildi.