“Fermer xo‘jaliklari bilan mineral o‘g‘it ta’minoti korxonalari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning tashkiliy-iqtisodiy va moliyaviy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
2019-yil 10-aprel kuni “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi tashabbusi bilan “Fermer xo‘jaliklari bilan mineral o‘g‘it ta’minoti korxonalari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning tashkiliy-iqtisodiy va moliyaviy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning yalpi majlisini Toshkent moliya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Karimqulov Jasur Imomboyevich ochib berdi. Ushbu dolzarb mavzuga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada TDAU professori E.D.Yusupov, MGXTI, i.f.d., mayor J.J.O‘rmonov, MGXTI podpolkovnik A.A.Anarqulov, Sirdaryo viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bo‘lim boshlig‘i Sh.X.Jo‘raqulov, GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, i.f.n. dotsent O.T.Sattorkulov, TMI “Menejment va marketing” kafedrasi mudiri, professor, i.f.d. E.G.Nabiyev, TMI “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi professori, i.f.d. T.T.Jo‘rayev, MG.XTI professori A.A.Mamatov, TMI “Kasb ta’limi” kafedrasi mudiri, i.f.d. professor Sh.A.Allayarov, “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri, i.f.n., dots. X.S.Asatullayev va “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi tadqiqotchilari Z.Allaberganov va G.Xalikulovalar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Konferensiya o‘z ishini shuba’lar bo‘yicha kunning ikkinchi yarmida davom ettirdi. Unda “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi pedagog-xodimlari, mustaqil tadqiqotchilar, magistrlar hamda iqtidorli talabalar qatnashdilar. Konferensiya qizg‘in mulohazalar ostida o‘tkazildi va ishtirokchilar institut rahbariyati tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.