Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi ijrosi yuzasidan davra suhbati

Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi ijrosi yuzasidan davra suhbati

      2020-yilning 17-yanvar kuni institut 1-ma'ruzalar zalida institut rektori U.Azizov, Murabbiylar kengashi raisi U.Rajabov hamda ustoz-murabbiylar ishtirokida Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmonning ijrosi yuzasidan davra suhbati bo'lib o'tdi.

 

      Tadbir avvalida institut murabbiylar kengashi raisi U.Rajabov qatnashchilarga farmon mazmuni, ya'ni korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e'tiborini oshirishga qaratilganligi haqida ma'lumot berdilar.

 

      Institut rektori U.Azizov korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi ishlab chiqilganligini hamda har bir ustoz-murabbiylarga yaqinlashib kelayotgan yakuniy imtihonlarning shaffofligini ta'minlash kerakligini va har bir talabaning muammosini adolatli hal qilish vazifasini zimmalariga yukladi.

 

 

17:57 / 2020-01-19
Success helper
Success warning