Korrupsiya va milliy taraqqiyot: Muammo va yechim

Korrupsiya va milliy taraqqiyot: Muammo va yechim

2022-yil 12-dekabr kuni Toshkent moliya instituti “Menejment va marketing” kafedrasi va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasi tomonidan "9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni" munosabati bilan “Korrupsiya va milliy taraqqiyot: Muammo va yechim” mavzusida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasining ma’ruzalar zalida ochiq muloqot tadbiri boʻlib oʻtdi.

 

Tadbir doirasida “Menejment va marketing” kafedrasi dotsenti., PhD Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich korrupsiyaga sabab bo’luvchi omillar, korrupsiyaning tarixiy ildizlari, meritokratiya, kleptokratiya, pragmatizm, lobbizm, nepotism, tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillarining buzilishi, demokratik institutlar faoliyati va jamiyatning axloqiy normalari to’g’risida atroflicha to’xtalib o’tdi.

 

 

 

Jumladan, ochiq muloqot interfaol ko’rinishda tashkil etilib, Markaziy SES fuqaro muhofazasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xodim Asrorov B, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasi bosh vrach o‘rinbosari J.J.Jalilov va tashkilot jamoasi bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari va tamoyillarini belgilashda qanday qonuniy javobgarlikning muqarrarligi, korrupsiya eng kam deb topilgan davlatlarning amaliyotidan aynan qaysi jihatlarni amaliyotda qo’llash lozim ekanligi, “Transparency International” xalqaro tashkilotining bugungi kundagi faoliyati va komplaens nazorat xizmatining ahamiyati xususida munozarali savol-javoblar tashkil etildi.

16:21 / 2022-12-13
Success helper
Success warning