Institutimiz polvonlari taqdirlandilar!

Institutimiz polvonlari taqdirlandilar!

     Xabaringiz bor, 1993 yil 29 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb e'lon qilingan. Shu munosabat bilan, 2020-yil 13-yanvar kuni Toshkent moliya instituti tasarrufidagi "O'quv yurtlararo sport kompleks "da tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Dastlab, bayram munosabati bilan "KURASH" sport musobaqasi o'tkazildi, unda jami 42 nafar polvonlar 66kg, 73kg , 81kg , 90kg +100kg vazn toifasida kuch sinashdilar. Musobaqaga O'zbekiston Respublikasi Madhiyasi yangragandan so'ng start berildi.

 

   Murosasiz kechgan bahslardan so'ng , 66 kg vazn toifasi bo'yicha g'oliblar 3-o'rin Sherbekov H, 2-o'rin Amirov J. , 1-o'rin Egamberdiyev Q. ; 73kg vazn toifasi bo'yicha 3-o'rin Xo'jaqulov D, 2-o'rin Berdiyorov Sh. , 1-o'rin Turg'unov M. ; 81kg vazn toifasi bo'yicha 3-o'rin Yorqinov J., 2-o'rin Umurzoqov M., 1-o'rin Ziyodullayev A. ; 90kg vazn toifasi bo'yicha 3-o'rin Ahmedov N., 2-o'rin Yomg'irov J., 1-o'rin Qalandarov B. ; +100kg vazn toifasi bo'yicha 3-o'rin Qalandarov B., 2-o'rin Eshmurodov M., 1-o'rin Ro'ziboyev D. esdalik sovg'a va diplomlar bilan taqdirlandilar.

 

 

17:54 / 2020-01-14
Success helper
Success warning