“Maʼnaviy meros, sanʼat va yoshlar” mavzusida tadbir uyushtirildi

“Maʼnaviy meros, sanʼat va yoshlar” mavzusida tadbir uyushtirildi

Kecha, 24-mart kuni Toshkent moliya instituti Madaniyat va sanʼat boʻlimi tomonidan Olmazor tumani “Yoshlik” talabalar shaharchasida 5 muhim tashabbus doirasida “Maʼnaviy meros, sanʼat va yoshlar” mavzusida tadbir uyushtirildi.

 

Ushbu tadbirda institutimiz Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boshqarmasi boshligʻi Oʻ.Narbayev, Madaniyat va sanʼat boʻlimi boshligʻi, shoir B.Bobomurod, boʻlim bosh mutaxassisi, “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari N.Ortiqmatov, ansambl ishtirokchilari, institut talaba-yoshlari hamda estrada xonandasi K.Moʻminova ishtirok etdilar.

 

 

 

 

 

Tadbirga yigʻilgan tomoshabinlar va talaba-yoshlar shoʻx kuy-qoʻshiqlarga hamohang raqslarga tushib, tadbirga oʻzgacha tarovat baxsh etdi.

15:55 / 2023-03-25
Success helper
Success warning