Adiblar hiyoboni -ma’naviyat maskani

Adiblar hiyoboni -ma’naviyat maskani

Bugun poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Toshkent moliya instituti tomonidan “Adiblar hiyoboni-ma’naviyat maskani” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
 
 
 
Mazkur tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Laziz Mingishov, Toshkent moliya instituti ilmiy-adabiy maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod, institutda tashkil etilgan Abdulla Qahhor ijod muzeyi rahbari  Nuriddin Ochilovlar so‘zga chiqib, atoqli adib, betakror so‘z ustasi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hamda o‘zbek she’riyatining iqtidorli namoyandasi O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodi, adabiyotga qo‘shgan ulkan hissalari haqida talaba-yoshlarga qiziqarli ma’lumotlar berishdi.
 
 
So‘ng institutning iqtidorli talabalari va “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.
 
 
19:51 / 2022-04-27
Success helper
Success warning