“Talabalarga kasbiy nutqni o‘rgatishda AKTdan foydalanish” mavzusida master-klass tashkil etildi
Joriy yilning 27-dekabr kuni “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun “Talabalarga kasbiy nutqni o‘rgatishda AKTdan foydalanish” mavzusida master-klass tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi dotsent M.Axmedova va katta o‘qituvchi F.Xosilovalar ishtirok etishdi. Talabalarga kasbiy nutqni o‘rgatishda AKTdan foydalanishning usullari, audiomateriallar, vizual mashqlar, tematik topshiriqlarni AKT orqali bajarish yo‘llari haqida mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.