“Ta’lim jarayonida zamonaviy ta’lim metodlarini qo‘llash” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

“Ta’lim jarayonida zamonaviy ta’lim metodlarini qo‘llash” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

 

2023-yil 29-dekabr kuni Toshkent moliya instituti “Baholash ishi va  investitsiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida  kafedra dotsenti, i.f.n. M.Raimjanova va PhD. M.Aliqulov tomonidan  “Ta’lim jarayonida zamonaviy ta’lim metodlarini qo‘llash yo‘llari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

 

 

Mahorat darsida dotsent M.Raimjanova va PhD M.Aliqulov bugungi ta’lim tizimidagi asosiy tendensiyalar, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar, ularni qo‘llashda professor-o‘qituvchilar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklarni amaliy misollar bilan ko‘rsatib berdi.

 

 

Mahorat darsi davomida dotsent M.Raimjanova va PhD. M.Aliqulov kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi master-klasslarning ko‘proq o‘tkazilishi hamda ta’lim sifati oshishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.

14:38 / 2023-12-29
Success helper
Success warning