Moliya fakulteti talabalari uchun master-klass tashkil etildi

Moliya fakulteti talabalari uchun master-klass tashkil etildi

Joriy yilning 6-may kuni “Bank ishi” kafedrasi tashabbusi bilan Moliya fakulteti talabalari uchun master-klass tashkil etildi.
 

Unda «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Green banking boshqarmasi boshlig‘i B.B.Sultonmurodov ishtirok etdi.
 

Mutaxassis “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” bakalavriat taʼlim yo‘nalishi talabalari va “Bank ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan "Yashil moliyalashtirish va Green banking xizmatlarini amalga oshirish amaliyoti" yuzasidan mavjud muammolar hamda ularning amaliy yechimlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
 

Ishtirokchilar uchun foydali va qiziqarli bo‘lgan maʼlumotlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashilindi.
 

20:22 / 2023-05-08
Success helper
Success warning