Toshkent moliya instituti ilmiy tadqiqotlar, texnik loyihalar, dasturlar hamda ularning faoliyat natijalari boʻyicha hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent moliya instituti ilmiy tadqiqotlar, texnik loyihalar, dasturlar hamda ularning faoliyat natijalari boʻyicha hamkorlikni kengaytirmoqda

Maʼlumki, Oliy taʼlim muassasalarini TOP-1000 talik roʻyxatga kiritish taʼlim sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, shuning uchun barcha oliy taʼlim muassasalari, xususan, Toshkent moliya instituti oʻz maqomini global darajaga olib chiqish uchun astoydil harakat qilmoqda. Bunda, albatta, institutda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarning ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish, xalqaro eʼtirof etilgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Shu maqsadda, joriy yilning 11-sentabr kuni Toshkent moliya instituti vakillari hamda “INTERNATIONAL DEVELOPMENT SERVICES” kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

Mazkur uchrashuvda TMI rektori T.Teshabayev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor S. Mehmonov, “INTERNATIONAL DEVELOPMENT SERVICES” direktori O.Botirov hamda D.Allanazarova ishtirok etishdi.

Uchrashuvda ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va ilmiy-texnik loyihalar va dasturlar hamda ularning faoliyat natijalari boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Institut olimlari va ilmiy izlanuvchilarining ilmiy tadqiqotlari natijalarini, ilmiy maqolalarni ommalashtirish, xalqaro tan olingan ilmiy-texnik bazalar bilan ishlash, professor-oʻqituvchilarning nashr faolligini oshirish, institutning ilmiy elektron jurnalini “Scopus” maʼlumotlari bazalarida indekslanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish masalalari koʻrib chiqildi.

 

Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni hamda ilm-fanni yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

 

 

 

TMI matbuot xizmati

20:01 / 2021-09-11
Success helper
Success warning