“Moliyaviy natijalar hisobi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi

“Moliyaviy natijalar hisobi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi

Joriy yil 13-aprel kuni “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirligi Temiryoʻl taʼmirlash korxonasi direktori oʻrinbosari Toʻlqin Nazarov tomonidan mazkur taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun “Moliyaviy natijalar hisobi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi. 

 

 

Mahorat darsida T.Nazarov oʻz maʼruzasida korxonalarda moliyaviy natijalar hisobotini shakllantirish haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi. 

 

 

Mahorat darsi talabalar bilan faol muloqot va savol-javob tarzida qiziqarli hamda amaliy misollar asosida tashkil etildi.

13:54 / 2023-04-15
Success helper
Success warning