Toshkent moliya instituti hamda Moskva pedagogika davlat universiteti hamkorligi doirasidagi “Mahorat darslari”
2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3775-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent moliya instituti hamda Moskva pedagogika davlat universiteti hamkorligi doirasida 2019-yil 27-29-mart kunlari Toshkent moliya institutida O'zbek va rus tillari kafedrasi tashabbusi bilan Moskva pedagogika davlat universitetining “Rus tilini o'qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori Yanchenko Vladislav Dmitrievich ishtirokida “Mahorat darslari” o'tkazildi.
Uch kun davom etgan mahorat darslarida ishtirokchilar rus tilini o'rganishning eng samarali usullarini bilib olishdi, o'yin usullaridan foydalangan holda qiziqarli mashqlar bajarishdi. 27-mart kuni 2-juftlikda mashg'ulotlar rus tilida olib boriladigan guruhlarda “Rus tilini o'qitishda o'yin usullaridan foydalanish” mavzusida, 28-mart kuni 1-juftlikda Moliya va Bank ishi fakultetlarining 1-kurs talabalariga “Rus tilini o'qitishda stressiz texnologiyadan foydalanish” mavzusida, 3-juftlikda esa Sug'urta, Menejment va Buhgalteriya hisobi fakultetlari talabalariga “Rus tilini o'qitishda o'yin usullaridan foydalanish” mavzusida, 29-mart kuni 1-juftlikda g'aznachilik va davlat jamg'armalari fakulteti talabalari uchun “Rus tili darslarida moliyaviy terminlarni o'rgatish usullari” mavzularida “Mahorat darslari” o'tkazildi. Ushbu “Mahorat darslari” qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi.