“Mening ovozim-bu mening kelajagim”

“Mening ovozim-bu mening kelajagim”

       2019-yil 16-noyabr kuni “Budjet hisobi va g‘aznachilik ishi” kafedrasi “Kafedra haftaligi” doirasida institut tasarrufidagi 1-talabalar turar joyida “Mening ovozim-bu mening kelajagim” mavzusida davra suhbatini tashkil etdi.

Suhbat davomida 2019-yil 22-dekabrda bo’lib o’tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlar kunida barcha saylovchilar qatori talabalar ham faol ishtirok etishlari, bu jarayonga befarq bo‘lmagan holda, har bir o’zbek fuqarosi o’zining konstitutsion burchini dildan ado etishi zarurligini talabalarga tushintirdilar.

Tadbir yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari ko’p sonli talabalarning istaklari asosida olib kelingan buyuk iqtisodchi olim Adam Smitning “Ko’rinmas qo’l nazariyasi” kitobini TTJ kutubxona fondiga taqdim etdilar.

 

18:55 / 2019-11-22
Success helper
Success warning