2019-yilning 26-mart kuni Toshkent moliya institutida “Navro’z sayli”ga bag’ishlangan sport musobaqalari bo’lib o’tdi.

2019-yilning 26-mart kuni Toshkent moliya institutida “Navro’z sayli”ga bag’ishlangan sport musobaqalari bo’lib o’tdi.

Joriy 2019-yilning 26-mart kuni Toshkent moliya institutida “Navro’z sayli”ga bag’ishlangan sport musobaqalari bo’lib o’tdi. Unda institut jamoasining har bir a’zosi faol ishtirok etdi. Sport musobaqalarining mazmundorligini oshirishda sport turlari bo’yicha to’garak murabbiylari B.Abbosov, Z.Nazarov, F.Tashpulatov, F.Mavlyanov, A.Muhamedov hamda G’.Shermatovlar faollik ko’rsatishdi. Sport turlari bo’yicha tashkil etilgan alohida pavilionlar shaxmat-shashka, arqon tortish, kurash, stol tennisi bo’yicha o’zaro kuch sinashuvchi talaba – yoshlar bilan to’lib toshdi. Xalq milliy o’yinlari bilan uzviylikda tashkil etilgan ushbu musobaqalar “Navro’z sayli”ga yanada ko’tarinki ruh va bahoriy kayfiyat baxsh etdi.

20:42 / 2019-03-27
Success helper
Success warning