“Navro‘zing muborak hur O‘zbekiston”

“Navro‘zing muborak hur O‘zbekiston”

   Bahor fasli tabiatimizning tiklanish va yangilanish pallasidir. Ayni shunday pallada ezgulik, muhabbat, xayr-saxovat ayyomi bo‘lmish Navro‘z bayrami katta ishtiyoq va quvnoqlik bilan nishonlanadi. Yana, milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan, Navro‘zi olam yurtimizning har bir go‘shalarida o‘ziga xos tarzda tantanali nishonlanadi. Ana shunday tantanovor ruhda, “Navro‘zing muborak hur O‘zbekiston” deb nomlangan  bayram tadbiri Toshkent moliya institutida 26-mart sanasida tashkil etildi.

Institut hovlisida “Navro‘z sayli” va bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda ahil institut jamoasi qatorida ko‘plab aziz mehmonlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Professor Ibroxim Abduraxmonov, Xalqaro Press-klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev, Malayziyaning O‘zbekiston Respublikasidagi fovqulodda va muhtor elchisi Janobi oliylari Hendiy Assan, Bayneriy universiteti prezidenti, Tan Sri Dato professor Jozef Adaikalam, Bayneriy universiteti rektori, Professor Sulochana Nair va boshqalar ishtirok etdilar.

Tadbirda ulashilgan sumalak, halim, osh va yana ko‘plab tansiq o‘zbek milliy ta’omlari hamda “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari-yu, lapar va raqslar barcha yeg‘ilganlarnining yodida umrbod muhrlanib qoldi.

 

19:25 / 2019-04-01
Success helper
Success warning