Toshkentda kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Toshkentda kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Toshkent shahar IIBB fuqarolardan xavfsizlik qoidalariga rioya etishni hamda xavotirga berilmaslikni so‘radi.

Poytaxt hududida jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar IIBB hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

 

Shu munosabat bilan fuqarolardan xavfsizlik qoidalariga rioya etish va xavotirga berilmaslik so‘raldi. Ta’kidlanishicha, barcha harakatlar shaharda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash maqsadida o‘tkazilyapti. 

 

Shuningdek, fuqarolardan ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik ham soʻraladi. Noqonuniy miting, yig‘ilish yoki namoyishlarda qatnashishganligi uchun qonunda javobgarlik belgilangan. Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

10:12 / 2023-12-03
Success helper
Success warning