Toshkent moliya institutida “Ota-onalar kongressi” bo‘lib o‘tdi

Toshkent moliya institutida “Ota-onalar kongressi” bo‘lib o‘tdi

 

Bugun, 22-sentabr kuni Toshkent moliya institutida “Yangi hayot uchun yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida hamda yangi 2023-2024 o‘quv yili boshlangani munosabati bilan “Ota-onalar kongressi” tashkil etildi.














 

Kongress avvalida mehmon sifatiga taklif etilgan ota-onalar institut faoliyati, xususan, taʼlim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, institut hovlisida "Ota-onalar" bog‘i uchun ilk ko‘chatlar o‘tqazildi. Shundan so‘ng,  “Ota-onalar kongressi”ning asosiy qismiga boshlandi.
 

Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.











Tadbirni institut rektori T.Teshabayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Rektor tadbirda ishtirok etayotgan ota-onalarni, avvalo, farzandlarining talabalik baxtiga erishganliklari bilan samimiy qutladi hamda institutdagi taʼlim va tarbiya jarayonlari ota-onalar bilan doimiy hamkorlik va hamjihatlikda olib borilishini taʼkidlab o‘tdi.









 

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan ota-onalar farzandini mamlakatimizdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biriga o‘qishga kirganidan xursandligini bildirdi hamda farzandlarining kasbiy bilimlarni egallashda tahsil beradigan professor-o‘qituvchilarning zahmatli faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.








Tadbirdan ko‘zlangan maqsad - farzandlari Toshkent moliya institutiga o‘qishga kirgan ota-onalarga institutdagi zamonaviy taʼlim jarayonlari, institut faoliyati bilan tanishtirish, o‘quv xonalarining moddiy-texnik bazalari, axborot-resurs markazlari faoliyati, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli, taʼlim jarayonidan keyingi vaqtlarini unumli o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqda maʼlumot berish va ularning fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashish hisoblanadi.


 


 

Tadbir so‘ngida mehmonlar uchun bayramona dasturxon yozildi.

 

16:04 / 2023-09-22
Success helper
Success warning