M.I.Azizovadan ochiq dars mashg’uloti

M.I.Azizovadan ochiq dars mashg’uloti

    Toshkent moliya instituti “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi katta o`qituvchisi M.I.Azizova tomonidan “Soliqlar va sug`urta” fakultetining ST-50 guruhida “Axborot komplekslarida ma’lumotlar bazasini tashkil etish va boshqarish” mavzusida ochiq amaliy dars mashg’uloti o`tkazildi.

    Unda talabalar bilan birgalikda “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi pedagog hodimlari, “Soliqlar va sug`urta” fakultetining dekanat hodimlari hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborotda ta’lim tizimi” kafedrasi dotsenti, t.f.n. S.Gaipnazarov ishtirok etdilar.

    ST-50 guruh talabalari “Axborot komplekslarida ma’lumotlar bazasini tashkil etish va boshqarish” mavzusi bo`yicha ma`ruzada va mustaqil olgan bilimlarini tayyorlab kelgan prezentatsiyalar va krassvordlar, mavzu bo`yicha tuzilgan savollar orqali bilimlarini a`lo darajada ko`rsata oldilar.

 

16:08 / 2019-11-12
Success helper
Success warning