“Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Yo. Ilxomovaning ochiq darsi
Toshkent moliya instituti “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Yo. Ilxomova tomonidan 2019-yil 5-oktyabr kuni III-juftlikda “Byudjet hisobi va g`aznachilik ” fakulteti 217-auditoriyada bakalavr yo‘nalishi BET-60 talabalariga “ Elektron tijoratda to`lov tizimlari” mavzusida ochiq ma’ruza darsi o‘tkazildi.
Unda talabalar bilan birgalikda “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot”kafedrasi pedagog xodimlari, Byudjet hisobi va g`aznachilik fakulteti dekanat xodimlari hamda Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti “Axborot kompyuter texnologiyalari” kafedrasi professor, t.f.d. X. Zaynutdinov ishtirok etishdi.