“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining institut bosqichi
Mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni mamlakatimiz ijtimoiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan yaqindan tanishtirish, iste’dodli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijodiy salohiyati va o‘z iste’dodlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida 2019-yil 16-mart kuni “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.
Bunda Buxgalteriya hisobi va audit fakultetining “Bo‘ydoqlar”, Gʻaznachilik va davlat jamgʻarmalari fakultetining “Qardoshlar”, Bank ishi fakultetining “Bankirlar”, Soliqlar va sugʻurta fakultetining “Ideal”, Moliya fakultetining “M&M” va Menejment fakultetining “O‘zbeklar” jamoalari 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yakuniga ko‘ra Buxgalteriya hisobi va audit fakultetining “Bo‘ydoqlar” jamoasi “Eng quvnoq va eng zukko” deb topilib, birinchilikni qo‘lga kiritdi.