Rasmiy xabar !!!

Rasmiy xabar !!!

Toshkent moliya institutida oʻquv jarayonlari 1,2,3-bosqich bakalavr hamda 1-bosqich magistratura talabalari uchun 7-fevraldan an’anaviy shaklga o‘tkaziladi.

2021/2022 o‘quv yili uchun tasdiqlangan o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq, 4-bosqich bakalavr ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun malakaviy amaliyot 2022-yil 19-martga qadar, 2-bosqich magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun ilmiy amaliyot (stajirovka) 2022-yil 21-mayga qadar davom etadi.

⚠️Shuningdek, institut tasarrufidagi 3ta Talabalar turar joylari talabalarni qabul qilish uchun shay holatda.

TTJda yashovchi talabalar 5-fevraldan kelib joylashishlari mumkin.

#qo'shimcha_izoh

Iqtisodiyot fakultetining “Iqtisodiy xavfsizlik” hamda “Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” yo'nalishlari 4-bosqich talabalari joriy yilning 4-aprelida malakaviy amaliyot boshlanishi munosabati bilan ushbu yo'nalishlarda tahsil oladigan 4-bosqich talabalari ham 7-fevraldan an'anaviy ta'lim shaklida o'qishlarini davom ettirishadi.

19:21 / 2022-02-03
Success helper
Success warning